Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:
Chilonzor tumani hokimligi

Chilonzor tumani — T.dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1963-yilda tashkil kilingan. Toponimistlarning fikricha tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. T. zilzilasi (1966) dan keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. T.ning janubiy gʻarbiy qismida joylashgan. Shimoliyda Oktepa kanali, sharqda Boʻrijar kanali, janubi-gʻarbda Oʻrta Osiyo temir yoʻl boʻylab T. avtomobil halqa yoʻli va Bobur koʻchasigacha davom etgan. Maydoni 2994 ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 1,334 ming ga. Aholisi 217,1 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 262 ta. 45 ta mahalla mavjud. Tumandagi baʼzi joylar T. tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oktepasi arxeologik yodgorligi (4—8-asrlar, 10— 11-asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman xududida joylashgan.

Asosiy magistrallari — Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choʻponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, AlXorazmiy koʻchalari. Hududida qoʻshma korxonalar ("Sovplastital" Oʻzbekiston — Italiya qoʻshma korxonasi, "Oʻzbegiminterneshnl" qoʻshma korxonasi va boshqalar), 24 sanoat korxonasi (shu jumladan, 3 poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi, koʻrlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinati, "Rele va avtomatika", "Algoritm" korxonalari, elektr roʻzgʻor buyumlari zdlari); 8 ilmiy tadqiqot instituta, 8 loyihalash instituti, konstruktorlik byurosi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 38 umumiy taʼlim maktabi, 20 akademik litsey va kollej, 65 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi; 9 kasalxona va 31 ta poliklinika bor. Aholiga 152 oziqovqat, 64 sanoat mollari doʻkonlari, 121 umumiy ovqatlanish korxonasi, 96 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, Chilonzor buyum bozori xizmat kiladi. Mukimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali komediya (operetta) teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat koʻrsatadi. 4 stadion, 101 sport zali, 166 sport maydonchalari, 6 suv havzasi, otchopar majmuasi bor. Turar joy fondining umumiy foydali maydoni 3178 ming m2.

 

Tuman hokimi okrugning eng yuqori mansabdor shaxsi hisoblanadi va shu bilan birga tegishli hududdagi vakillik va ijro hokimiyatini boshqaradi.

 Chilonzor tumani hokimi Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li

Chilonzor tumani hokimligi

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya