
Oq rangli, sodda, lekin juda ifodali kollej binosi 1984-yilda tepalikda meʼmor R. Xayrutdinov va muhandis R. Abduhalikov tomonidan qurilgan. Fasad turli sanʼat turlari ramzi boʻlgan figurali barelyef bilan boy bezatilgan. Yon tomonlardagi ikkita silindr shaklidagi minoralar binoga ertakdagi sehrli qasr koʻrinishi beradi.
Ichki makon rassom Vladimir Chubning kartinalari
tasvirlangan panno bilan bezatilgan; u shu bilan birga fasad barelyefining ham
muallifi. Ichki atrium oʻquvchilar va oʻqituvchilar ishlarini koʻrgazmaga
qoʻyish uchun moʻljallangan.
Kolleji eski shahar Chaqar mahallasida joylashgan boʻlsa-da, fasadi zamonaviy binolar qurilgan Furqat koʻchasiga qaragan. Meʼmorlar ikkala kontekstni ham hisobga olib, binoning zamonaviy konturlarini fasaddagi anʼanaviy milliy kiyimdagi figuralar bilan uygʻunlashtirgan.
Bino qurilishi uchun kotlovan ochilganda oʻrta asr hammomining juda yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlari topilgan.
Ajablanarlisi shundaki, badiiy kollej binosi — bizning kunlarimizgacha rekonstruksiya va tashqi koʻrinish oʻzgartirilmasdan yetib kelgan juda kam sonli binolardan biri.

1972-yilda ochilgan Bosh univermag — funksionallik va minimalizmning uygʻun birlashuvi misoli hamda...

«Zarafshon» restorani 1974-yilda qurilgan va darhol toshkentliklar orasida eng mashhur joylardan bi...
Mutaxassislar uyi Narkomzem loyihasi bo‘yicha 1938 yilda me’mor Pavlov loyihasi asosida qurilgan v...

Toshkentdagi «Mutaxassislar uyi» 1934-yilda A. Pavlov loyihasi boʻyicha konstruktivizm uslubida qur...