- Toshkentdan gapiramiz
- 04.02.2026, 11:51
Chilonzorda FVV o‘quv mashqlari
FVV vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar FVBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari hamda Chilonzor tumani FVB rahbariyati ishtirokida Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan “OLTIN MARKAZI” ko‘ngilochar savdo markazida favqulodda vaziyatlar va yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarda fuqarolar hamda ishchi-xodimlarni tezkor, tartibli va xavfsiz tarzda evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida shartli favqulodda vaziyat va yong‘in holati modellashtirilib, evakuatsiya jarayonining barcha bosqichlari amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan muhim profilaktik tadbir hisoblanadi.

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yic...

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar ...
📍 Qoraqamish 1/3 hududida 2,4 km uzunlikdagi eko-sayilgoh, 12,4 km piyodalar yo‘lagi va 10,6 ming kv. metrdan ortiq yas...