- Toshkentdan gapiramiz
- 29.07.2026, 16:11
Afg‘onistonlik tadbirkorlar Toshkentda avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi imkoniyatlari bilan tanishmoqda
Ayni kunlarda avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi sohasida faoliyat yurituvchi 30 nafardan ortiq afg‘onistonlik tadbirkordan iborat delegatsiya Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.
Bugungi tashrif dasturning birinchi qismida mehmonlar Iste'molda bolgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori, "Tashkent INDEX" savdo majmuasi hamda "Banner Print" MCHJ korxonasiga tashrif buyurib, uning faoliyati, savdo infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish tizimi hamda avtomobillar va ehtiyot qismlar oldi-sotdisi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Uchrashuvlar davomida delegatsiya a’zolariga poytaxtimizda avtomobil va uning ehtiyot qismlari savdosi sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tashrif dasturi davomida qator uchrashuvlar o‘tkazish, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Afg'onistonlik tadbirkorlar delegatsiyasiga Toshkent shahar hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi vakillari hamrohlik qilmoqda.

2026-yil 31-iyul kuni Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi mas...

🏛 Unda mas’ullar Xalqchil Qonun doirasida olib borilayotgan xatlov jarayoni va uning natijalari, shuningdek, 2026-yil 1...

🚰Shu maqsadda Mirobod tumani Navbahor ko‘chasida kuchli yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishining oldini olish uchun ...

Hurmatli toshkentliklar!Toshkent shahar hokimligi sizlarni Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etadi. T...