Chilonzor tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” kompaniyasi bilan raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Toshkent shahar hokimligida “Ascend Solution” kompaniyasi bilan raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

2026-yil 28-iyul kuni Toshkent shahar hokimligida hokimning axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Dusmuhamedov hamda “Ascend Solution” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Ali Saleh boshchiligidagi Saudiya Arabistoni delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ta’lim, qurilish, iqtisodiyot, kommunal xizmatlar, bozorlar va avtoturargohlarni yagona axborot platformalari orqali boshqarishga qaratilgan 20 dan ortiq loyiha taqdim etildi.
“Qulay muhit” loyihasi doirasida shahar muammolarini tezkor aniqlash va ularning bartaraf etilishini kuzatish mexanizmi yaratilayotgani qayd etildi. Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarida vaziyatlar markazlari ishga tushirilgan. Qolgan o‘nta tumandagi markazlarni ham Markaziy vaziyatlar markaziga ulash rejalashtirilgan.
Shuningdek, maktablarni sun’iy intellekt asosidagi videokuzatuv tizimlari va turniketlar bilan jihozlash, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda qurilish obyektlarida nazorat tizimlarini joriy etish ishlari haqida ma’lumot berildi.
“Ascend Solution” vakillari sog‘liqni saqlash, shahar va transport boshqaruvi, aktivlar hamda ta’minot zanjirlari yo‘nalishidagi tajribalarini taqdim etdilar. Kompaniya Saudiya Arabistonida 30 dan ortiq boshqaruv markazini tashkil etishda ishtirok etgan.
Delegatsiya Toshkentdagi axborot tizimlari, videokuzatuv, GIS, IoT qurilmalari, transport, kommunal xizmatlar va fuqarolar murojaatlariga oid ma’lumotlarni yagona platformada birlashtiruvchi Integratsiyalashgan shahar boshqaruv markazini tashkil etishni taklif qildi.
Markaz shahar jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish, muammolarni erta aniqlash, mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini nazorat qilish imkonini beradi. Bunda katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish va videotahlil texnologiyalaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunida takliflarni Toshkent shahridagi raqamlashtirish loyihalari bilan uyg‘unlashtirish va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Aholi murojaatlari joyida o‘rganiladi
31.07.2026, 15:20
Aholi murojaatlari joyida o‘rganiladi

2026-yil 31-iyul kuni Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xo‘jaligi mas...

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot tadbiri o‘tkazildi.
31.07.2026, 12:13
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqa...

🏛 Unda mas’ullar Xalqchil Qonun doirasida olib borilayotgan xatlov jarayoni va uning natijalari, shuningdek, 2026-yil 1...

Aholi uchun yanada qulay va xavfsiz shahar muhitini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom ettirilmoqda.
31.07.2026, 09:58
Aholi uchun yanada qulay va xavfsiz shahar muhitin...

🚰Shu maqsadda Mirobod tumani Navbahor ko‘chasida kuchli yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishining oldini olish uchun ...

Xalqlar do‘stligi kuni muborak bo‘lsin!
30.07.2026, 15:25
Xalqlar do‘stligi kuni muborak bo‘lsin!

Hurmatli toshkentliklar!Toshkent shahar hokimligi sizlarni Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etadi. T...