Chilonzor tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Chilonzor: hisobot, muloqot va amaliy yechimlar

📍Chilonzor tumanida “Hisobot, muloqot, taqdimot” formatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va navbatdagi vazifalar joyida ko‘rib chiqildi. Jarayonlarda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

➡️Kun davomida asosiy e’tibor odamlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladigan yo‘nalishlarga — kommunal infratuzilma, xavfsizlik, obodonlashtirish, jamoat makonlari, raqamli boshqaruv, tadbirkorlik, bandlik va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalariga qaratildi.

🧠 Dastlab “Aqlli tuman” platformasi asosida faoliyat yuritayotgan Chilonzor tumani Vaziyatlar markazining imkoniyatlari taqdim etildi. Markaz orqali hududdagi vaziyatni real vaqt rejimida kuzatish, turli idoralar ma’lumotlarini birlashtirish, muammolarni tezkor aniqlash va ular bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🕐“Botirma” mahallasi va Al-Xorazmiy ko‘chasidagi 24/7 gastronomik hududda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, irrigatsiya tizimlari, ijtimoiy infratuzilma va mahallalarni kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Al-Xorazmiy ko‘chasida yaratilgan yangi jamoat makoni, piyoda va velosiped yo‘laklari, dam olish hududlari hamda tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.

⛽️“Bog‘zor” mahallasida esa energiya va issiqlik ta’minotining ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlar, zamonaviy kogeneratsiya podstansiyasi faoliyati hamda kommunal infratuzilmani bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish rejalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, shahar muhitida to‘siqsiz, qulay va Toshkentning yagona dizayn yondashuvlariga mos yechimlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🧑‍💻Savdo akademiyasida esa yoshlar va ish izlayotgan fuqarolarni mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash, nazariy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash va tinglovchilarni bevosita ish joyiga olib chiqishga qaratilgan tizim taqdim etildi.

💬Kun yakunida Chilonzor faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahallalardagi infratuzilma, ta’lim, tibbiyot, obodonlashtirish va aholi murojaatlari muhokama qilindi. Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha mas’ullar belgilandi, tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.

➡️Bu formatning asosiy mazmuni — hududdagi vaziyatni kabinetdan turib emas, bevosita joyida ko‘rish, odamlarni tinglash va har bir loyiha natijasi, avvalo, aholining kundalik hayotida sezilishini ta’minlashdir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
29-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
30.09.2026, 17:08
29-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

⬆️ 29-sentyabr kuni poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi, jamoat transporti faoliyati, tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, ta...

Poytaxt tumanlarida bir vaqtning o‘zida 12 ta zamonaviy maktab qurilishi boshlandi
30.09.2026, 15:12
Poytaxt tumanlarida bir vaqtning o‘zida 12 ta zamo...

▫️Bular yangi formatdagi — texnologik, ergonomik, qulay va inklyuziv maktablar bo‘ladi. Loyihalar zamonaviy me’moriy yec...

Yashnobod: yangi xonadonlar, zamonaviy maktablar va ochiq muloqot
30.09.2026, 11:26
Yashnobod: yangi xonadonlar, zamonaviy maktablar v...

▫️Bugun Yashnobod tumanida bir qator muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi.🔺 Qulaylik, xavfsizlik va ertangi kunga ishonch bugun...

Tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullar bo‘lib o‘tmoqda
30.09.2026, 10:34
Tuman hokimi o‘rinbosarlarining shaxsiy qabullar b...

📌 Yangihayot tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosarlarining...