Chilonzor tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

10-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik darajasi hamda jamoat transporti harakati doimiy monitoring qilinmoqda.

📊 10-sentyabr kuni poytaxt yo‘llarida sutka davomida jami 1 514 915 ta transport vositasi harakatlandi.

 Kunning tig'iz vaqtida poytaxt yo'llarida harakatlangan transport vositalari soni:

— ertalab soat 07:00 va 08:00 oralig'ida 254 906 taga; 

— kechki soat 18:00 va 19:00 oralig'ida 314 669 taga yetdi.

🚌 Jamoat transporti harakati

10-sentyabr kuni 1 667 ta avtobuslar orqali 170 ta yo'nalish bo'yicha 21 761 ta qatnovda  1 407 899 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazildi.

Toshkent metropoliteni orqali 995 806 nafar yo‘lovchi tashildi.

Eng yuqori yo‘lovchi oqimi quyidagi bekatlarda kuzatildi:

🔹 Chilonzor metro bekati — 52 858 nafar;

🔹 Buyuk Ipak Yo‘li metro bekati — 51 541 nafar;

🔹 Beruniy metro bekati — 37 742 nafar;

🔹 Chinor metro bekati — 34 997 nafar;

🔹 Olmazor metro bekati — 32 403 nafar.

🚦 Tirbandlik holati


Vaziyatlar markazi monitoringi davomida kunning tig‘iz vaqtida:

Ertalab 08:00 va 09:00 oralig'ida:

—2 ta chorrahada (Sag'bon-Qoraqamish chorrahasi, P.Mahmud ko'chasi) tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan;

—  ta chorrahada (Farg'ona yo'li, Choshtepa-Sh.Rustaveli, Gavhar-Sh.Rustaveli, Nukus-A.Qahhor, THAY-Chorbog', THAY-Choshtepa, Oybek-Shahrisabz, T.Malik-M.Ulug'bek chorrahalarida) esa tirbandlik darajasi 7 balldan oshgan.

Kechki 18:00 va 19:00 oralig'ida: 

— 3 ta chorrahada (Choshtepa-Sh.Rustaveli, Gavhar-Sh.Rustaveli, Nukus-A.Qahhor ko'chalari) tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan;

— 7 ta chorrahada (Farg'ona yo'li,  P.Mahmud ko'chasi, Sag'bon-Qoraqamish, THAY-Chorbog', THAY-Choshtepa, Oybek-Shahrisabz, T.Malik-M.Ulug'bek chorrahalarida) esa tirbandlik darajasi 7 balldan oshgan.

Haydovchilarga yo‘lga chiqishdan avval harakat yo‘nalishini rejalashtirish, kunning tig‘iz vaqtlarida mazkur chorrahalardagi transport yuklamasini inobatga olish hamda zarur hollarda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ko‘rilgan tezkor choralar

Tirbandlik kuzatilgan nuqtalarda transport oqimini barqarorlashtirish maqsadida svetoforlarning ish rejimi muvofiqlashtirilib, zarur yo‘nalishlarda yashil signal vaqti uzaytirildi. Shuningdek, harakatni tartibga solish uchun zarur chorrahalarga YPX xodimlari jalb qilindi.

⚙️  Ta'mirlash ishlari

Kommunal tashkilotlar tomonidan 14 ta ko'chada (Moyqo'rg'on, Uzumbog', Qorasaroy, O'sh, Muqimiy, Sho'rtepa, Bog'ishamol, Chuqursoy, M.Yusuf, M.Ulug'bek, Qatortol 1-tor, Oqqo'rg'on, KHAY-Katta Darxon, Xonzodabegim ko'chalarida) qatnov qismidagi transport oqimlariga qisman ta'sir ko'rsatuvchi ishlar olib borildi.

Haydovchilardan mazkur holatlarni inobatga olgan holda harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish, zarur hollarda esa muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etiladi.


YHXB tomonidan rasmiylashtirilgan qoidabuzarliklar 

Jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini kuchaytirish maqsadida poytaxt ko‘chalarida nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

10-sentyabr kunida:

— 9 ta piyodalar yo‘lakchasidan transport vositasida harakatlanish;

— 17 ta to‘xtab turish qoidalarini buzish;

— 32 ta to‘xtash qoidalarini buzish;

— 49 ta "A" yo'lakda harakatlanish holatlari rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, piyodalarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi bilan bog‘liq 85 ta qoidabuzarlik holati qayd etildi.

Shuningdek, 10-sentyabr kuni 3 ta yo'l-transport hodisasi rasmiylashtirilgan bo'lib, ularda 3 nafar tan jarohati olgan shaxslar qayd etilgan. O'ta og'ir tan jarohati olish yoki o'lim bilan yakunlangan holatlar qayd etilmadi. 

Haydovchilardan piyodalar yo‘laklari va ularning oldida transport vositalarini to‘xtatmaslik, piyodalarga belgilangan o‘tish joylarida yo‘l berish, avtobus bekatlari hududini band qilmaslik, jamoat transporti uchun ajratilgan “A” tasmasida harakatlanmaslik hamda bekatlarga kirib-chiqayotgan avtobuslar harakatiga xalaqit bermaslik so‘raladi.

Yo'l infratuzilmasi yangilash ishlari doirasida: 

— 20 000 metrga yaqin yo'l chiziqlari yangilandi.

Poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi Vaziyatlar markazi tomonidan real vaqtda nazorat qilib borilmoqda.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
15.09.2026, 16:31
14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali boshqaruv mezoni
15.09.2026, 10:43
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali...

👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yic...

Bugun Xalq qabulxonasida to‘rtta qabul bo‘lib o‘tadi
15.09.2026, 10:28
Bugun Xalq qabulxonasida to‘rtta qabul bo‘lib o‘ta...

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar ...

Olmazor tumanida "Qichqiriq" mahallasi — Qoraqamish 1/3 — hududidan Talabalar shaharchasigacha — odamlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratilgan.
14.09.2026, 17:20
Olmazor tumanida "Qichqiriq" mahallasi — Qoraqamis...

📍 Qoraqamish 1/3 hududida 2,4 km uzunlikdagi eko-sayilgoh, 12,4 km piyodalar yo‘lagi va 10,6 ming kv. metrdan ortiq yas...