
Bir vaqtlar 1899 yilda G. Svarichevskiy loyihasi bo‘yicha qurilgan Toshkent vokzali shaharning eng go‘zal binolaridan biri hisoblangan. 1899 yil 1 mayda Toshkentgacha Zakaspiy temir yo‘li yetkazildi, u Turkistonning janubini Kaspiy orqali parom o‘tkazish yo‘li bilan Bokuga bog‘ladi. 1906 yil 1 yanvarda esa Toshkent — Orenburg temir yo‘l liniyasi ochildi, bu shaharga Rossiya va Yevropa bilan savdo qilish uchun keng imkoniyatlar berdi. Vokzal binosida shahardagi birinchi katta soat o‘rnatildi.
1902 yilda bino kuchli
zilziladan zarar ko‘rdi va uch yildan keyin qayta tiklandi. Ikkinchi jahon
urushi yillarida vokzal front yaqinidagi hududlardan kelgan minglab
qochqinlarni qabul qildi va dastlab ularning ko‘pchiligi vokzal oldidagi
maydonda joylashtirildi.
Bino bir necha marta
rekonstruksiya qilindi. 1957–1961 yillarda u o‘sha davr uchun zamonaviy shisha
va betondan iborat bezak oldi — me’morlar V. Biryukov, L. Travyanko va V.
Rusanov, shuningdek muhandislar K. Kan, D. Vantannikov va S. Rijov loyihasi
bo‘yicha.
Fasadi ko‘k-yashil
plitkalar bilan qoplangan, tomidagi soyabonlar va ochiq ichki hovlilar mahalliy
an’analarni hisobga olgan, ichkarida esa Svarichevskiyning dastlabki binosidan
parchalar saqlanib qolgan. Ushbu yangi vokzal binosini sovet modernizmining
dastlabki namunalaridan biri deb hisoblash mumkin: Panoramik kinoteatr, TSUM va
Chilonzor savdo markazi faqat 1964 yilda paydo bo‘ladi.
1966 yildagi zilziladan
keyin vokzal 1957 yil loyihasida belgilangan funksional minimalizm g‘oyasini
saqlagan holda qayta qurildi. Mustaqillik yillarida bino yangi tendensiyalarni
hisobga olgan holda ikki marta o‘zgartirildi va modernizm davri brut
yodgorligidan deyarli hech narsa qolmadi.
1984 yilda vokzal yonida
«Toshkent» metro stansiy679asi ochildi. Mahalliy yo‘nalishdagi poezdlar uchun
Janubiy vokzal ishga tushirilganiga, aeroport va avtomobil aloqasi
rivojlanganiga qaramay, hozir Shimoliy deb ataluvchi vokzal shaharning muhim
transport tuguni, poytaxtning asosiy darvozasi va sovet modernizmi me’morchilik
tarixi yodgorligi sifatida qolmoqda.

1865 yilda Anhorning chap sohilida, Qaytmas darvozasi yaqinida harbiy qal’a qurilgan. Baland yer u...

Bino 1928-yilda kooperativ texnikumi uchun qurilgan boʻlib, u inqilobgacha tashkil etilgan Toshkent...

1990-yillar oxirida Mustaqillik prospektida (Pushkin) joylashgan konservatoriya uchun yangi bino ...
«Qizil Tong» tikuvchilik fabrikasi tikuvchilar madaniyat saroyi 1936-yilda meʼmor V. Skornyakov loy...