Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

⚖️ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH: HALOLLIK — HAR BIR XODIMNING MAJBURIYATI

💲 Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ     tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek tuman elektr ta’minoti korxonasida “Korrupsiya — kelajak kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

✅ Mazkur tadbirda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat bo‘limi rahbari O.O‘. Yaxshiyev hamda tuman elektr ta’minoti korxonasining mutaxassislari va ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.

💠Davra suhbati davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, shuningdek, ushbu illatning oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

🔴Shuningdek, tadbir jarayonida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi fikr-mulohazalari tinglanib, amaliy takliflari ko‘rib chiqildi.

➡️Yakunida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish maqsadida muntazam targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Inson qadri uchun!
07.04.2026, 16:47
Inson qadri uchun!

✅ "Yangi Sergeli" mahallasi profilaktika inspektori B.Alijonovning xizmat faoliyati va yashash sharoiti bilan yaqindan t...

✨ Kichik halqa yo‘lidagi dushanba tongi yangi asfalt hidi va yuqori darajadagi tekis yo‘l bilan boshlandi
07.04.2026, 10:55
✨ Kichik halqa yo‘lidagi dushanba tongi yangi asfa...

Va’da berganimizdek, Lutfiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Farhod ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan masofa poytaxt ...

📣 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM)ning rasmiy munosabati
06.04.2026, 16:44
📣 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish m...

“Tashkent_Land” kanalida e’lon qilingan (https://t.me/Tashkent_Land/70240) “Chilonzor” metro bekati yaqinidagi bekatga c...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya