- Toshkentdan gapiramiz
- 08.04.2026, 11:27
🏆 CHILONZORDA “HOKIM KUBOGI” START OLDI!
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda “Sog‘lom inson — sog‘lom millat” g‘oyasi asosida Chilonzor tumanida korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida keng ko‘lamli sport musobaqalariga start berildi.
Tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning 18 yoshdan katta bo‘lgan xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur “Hokim kubogi” xodimlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni maqsad qilgan.
🏐 Musobaqa dasturidan o‘rin olgan sport turlari:
🔹 Mini-futbol (erkaklar)
🔹 Shaxmat va shashka (erkak va ayol)
🔹 Stol tennisi (erkak va ayol)
🔹 Yengil atletika (erkak va ayol)
🔹 Voleybol (ayollar)
📅 O‘tkazilish vaqti: 2026-yilning aprel-may oylari davomida
G‘olib va sovrindorlarni qimmatbaho sovg‘alar hamda tantanali taqdirlash marosimi kutmoqda! Tashkilotingiz sharafini himoya qiling va g‘alabaga erishing!
💪 Sog‘lom tana — sog‘lom ruh! Barchaga omad yor bo‘lsin!
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi (https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi)

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yic...

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxt Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar ...
📍 Qoraqamish 1/3 hududida 2,4 km uzunlikdagi eko-sayilgoh, 12,4 km piyodalar yo‘lagi va 10,6 ming kv. metrdan ortiq yas...