- Toshkentdan gapiramiz
- 28.08.2026, 15:23
600 nafardan ziyod bolajonga yangi o‘quv yili uchun o‘quv qurollari topshirildi
🔺 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Chilonzor tumanidagi G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida 600 nafardan ziyod bolalar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahri boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Murodjon Zufarov, shuningdek, tegishli tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Bayram dasturi doirasida bolalar uchun turli ko‘ngilochar dasturlar va bayramona chiqishlar tashkil etilib, ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
🎒 Tadbir yakunida 600 nafardan ziyod bolajonga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘quv qurollari to‘plamlari topshirildi.

📈Toshkent Global Cities Index 2026 reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning mingta eng yirik shahri orasida 343-o...
🚲 Velosipedlar, elektrosamokatlar, skuterlar va boshqa mikromobillik vositalari shahar harakatining tobora faol ishtiro...

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...

🟢22–25-sentabr kunlari CAEx majmuasida ICT Week 2026 xalqaro ko‘rgazma haftaligi bo‘lib o‘tadi.Tadbirda Toshkent shahar...