- Toshkentdan gapiramiz
- 21.09.2026, 15:36
Toshkentning raqamli kelajagi — ICT Week 2026’da
🟢22–25-sentabr kunlari CAEx majmuasida ICT Week 2026 xalqaro ko‘rgazma haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti 16 ta ustuvor raqamli loyiha bilan ishtirok etadi.
🧑💻Ular poytaxt hayotining deyarli barcha muhim yo‘nalishlarini qamrab oladi: ta’lim, qurilish, investitsiyalar, renovatsiya, kommunal xizmatlar, transport infratuzilmasi, turizm, mahallalar, avtoturargohlar, bozorlar va boshqa sohalar.
✔️Asosiy g‘oya — shahar haqidagi ma’lumotlarni yagona raqamli muhitda birlashtirish. Bu ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish va tahlil qilish, muammolarni tezroq aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini aniq ma’lumotlar asosida qabul qilish imkonini beradi.
🖥 Loyihalarda sun’iy intellekt, geoaxborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan monitoring va tahliliy vositalar qo‘llaniladi.
📈ICT Week doirasida faqat konsepsiyalar emas, balki platformalarning amaliy ishlash mexanizmlari, funksional imkoniyatlari va erishilgan natijalar ham namoyish etiladi.
📊Masalan, ta’lim sohasida maktablar faoliyati va o‘quvchilar davomatini monitoring qilish, renovatsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich kuzatish, kommunal sohada infratuzilma holati va to‘lov intizomini tahlil qilish imkoniyatlari yaratilmoqda. Qurilish va investitsiya loyihalarining holati, muddatlari va ijrosi ham yagona raqamli platformalarda nazorat qilinadi.
▫️Maqsad — Toshkentda tezkor, shaffof va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish, xizmatlar sifatini oshirish va jarayonlarda inson omiliga bog‘liqlikni imkon qadar kamaytirish.
🤔16 ta loyiha — Toshkentda shakllanayotgan yagona raqamli boshqaruv ekotizimining bir qismi.

📈Toshkent Global Cities Index 2026 reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning mingta eng yirik shahri orasida 343-o...
🚲 Velosipedlar, elektrosamokatlar, skuterlar va boshqa mikromobillik vositalari shahar harakatining tobora faol ishtiro...

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...
Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘lining navbat...