Chilonzor tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Rasmiy munosabat

“Mirzakalon Ismoiliy” mahallasidagi 1A, 2, 3, 5 va 7-sonli ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida joylashgan xonadonlardan foydalanish masalasida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Gap tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan mulkdorlar uchun yaratilgan ixtiyoriy imkoniyat haqida bormoqda. Xususiy mulkdan uning egasi roziligisiz foydalanish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan va qabul qilinishi ham mumkin emas.

Mazkur xonadonlarga oid har qanday harakat faqat mulkdorning roziligi bilan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.

Tuman hokimligining vazifasi fuqarolar o‘rniga qaror qabul qilish yoki ularning o‘rniga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish emas, balki ushbu imkoniyatdan foydalanishni istagan mulkdorlarga zarur hollarda ko‘maklashishdan iborat.

Bu o‘rinda “rejalashtirilmoqda” degan ibora xususiy mulkdan uning egasi roziligisiz foydalanish nazarda tutilganini anglatmaydi. Har bir holatda yakuniy qaror faqat xonadon mulkdori tomonidan qabul qilinadi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkentga 15 ta chiqindi tashuvchi elektrotexnika keltirildi
16.09.2026, 11:56
Toshkentga 15 ta chiqindi tashuvchi elektrotexnika...

🚛 Toshkent ko‘chalarida endi chiqindilarni tashishga 15 ta zamonaviy, to‘liq elektr quvvatida harakatlanuvchi maxsus te...

Yog‘ingarchilik mavsumiga tayyorgarlik – doimiy nazoratda
16.09.2026, 10:33
Yog‘ingarchilik mavsumiga tayyorgarlik – doimiy na...

👉 Yog‘ingarchilik kunlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish, avvalo, muammolarni oldindan ...

14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi transport harakati: asosiy ko‘rsatkichlar
15.09.2026, 16:31
14-sentyabr holatiga ko‘ra poytaxt yo‘llaridagi tr...

🔺 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi transport oqimi, tirbandlik da...

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali boshqaruv mezoni
15.09.2026, 10:43
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat — samarali...

👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yic...