Chilonzor tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma yettinchi sessiyasida poytaxtning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, shahar infratuzilmasi, jamoat transporti, bandlik, investitsiyalar hamda aholi manfaatlariga daxldor qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
— qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlarni safarbar etish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash;
— jamoat transportida yo‘lkira haqi tarifini belgilash masalasini muhokama qilish;
— “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi holati;
— tashqi reklama va axborot obyektlarini o‘rnatish loyihalarini ko‘rib chiqish;
— ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash;
— davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash;
— davlat dasturlari doirasida kredit ajratilishi, ulardan samarali va maqsadli foydalanish hamda loyihalarning ishga tushirilishi holati;
— importni optimallashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
— xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish;
— kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar;
— Toshkent shahrida ishsizlik va bandlik, xususan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarning bandligini ta’minlash holati;
— o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish.

✔️Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli axborot va hisobotlar tinglanib, deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

▫️Muhokamalar davomida sohalarda mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, ularni bartaraf etish hamda tegishli yo‘nalishlardagi ishlar samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
21-sentyabr kuni poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi, jamoat transporti faoliyati, tirbandlik holati, ta’mirlash ishlari, aniqlangan qoidabuzarliklar hamda yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar infografikada jamlandi.
23.09.2026, 15:17
21-sentyabr kuni poytaxt yo‘llaridagi transport oq...

Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Vaziyatlar markazi tomonidan yo‘llardagi holat real vaqt rejimid...

Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
23.09.2026, 15:08
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

 Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rin...

Toshkentning asosiy kuchi — odamlar
22.09.2026, 11:36
Toshkentning asosiy kuchi — odamlar

📈Toshkent Global Cities Index 2026 reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning mingta eng yirik shahri orasida 343-o...

Lutfiy ko‘chasida mikromobillik uchun alohida yo‘lak sinovdan o‘tkazildi — bu tajribani boshqa ko‘chalarda ham qo‘llash rejalashtirilmoqda
22.09.2026, 10:14
Lutfiy ko‘chasida mikromobillik uchun alohida yo‘l...

🚲 Velosipedlar, elektrosamokatlar, skuterlar va boshqa mikromobillik vositalari shahar harakatining tobora faol ishtiro...