- Toshkentdan gapiramiz
- 25.09.2026, 17:38
MILLATLARARO VA KONFESSIYALARARO TOTUVLIK — TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
Toshkent shahar hokimligi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, do‘stlik hamda o‘zaro hurmat muhitini keng targ‘ib etishga qaratilgan media-rejaning poytaxtdagi ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✔️Yig‘ilish davomida yurtimizda turli millat va konfessiya vakillari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlash, jamiyatda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va totuvlik muhitini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni aholiga keng va tizimli yetkazish masalalari muhokama qilindi.
📈Shuningdek, sohada erishilayotgan ijobiy natijalar va namunali tashabbuslarni ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish, mazmunli va ta’sirchan media materiallar tayyorlash, shuningdek, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Toshkent shahar hokimligida Istanbul shahri meriyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.📈Muloqot davomida Toshkent ...

⬆️ 23-sentyabr kuni poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi, jamoat transporti faoliyati, tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, t...

Bugun Toshkent shahrida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan shaxsiy qabulning ikkinchi kuni bo‘lib o...
Furqat ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan 2 kilometrlik yo‘l qismida Toshkent shahrida Yo‘l harakatini ta...