- Toshkentdan gapiramiz
- 25.09.2026, 09:41
Yechimga yetaklovchi muloqot: fuqarolar qabulining ikkinchi kuni
Bugun Toshkent shahrida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan shaxsiy qabulning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Prezident Administratsiyasi rahbari qabuliga kirishni so‘ragan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
💬Qabul davomida 100 nafarga yaqin fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Ular fuqarolar va ularning farzandlarini davolash, uy-joy bilan ta’minlash, subsidiya ajratish hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.
▫️Har bir murojaat ortida inson salomatligi, oila farovonligi va yaqinlarining kelajagi bilan bog‘liq muayyan hayotiy vaziyat turibdi. Shu sababli har bir masala fuqaroning holati, ehtiyoji va mavjud imkoniyatlar hisobga olingan holda individual tartibda ko‘rib chiqildi.
✔️Bugun ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 75 % qabul davomidayoq amaliy yechim topdi. Shu bilan birga, birinchi kun yakunlari bo‘yicha ishlar ham davom ettirildi: kecha hal etilgan masalalarga qo‘shimcha ravishda, batafsil o‘rganishni talab qilgan yana 10 ta murojaat bugun ijobiy hal qilindi.
🤔Qo‘shimcha o‘rganish va idoralararo hamkorlikni talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Barcha murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va yakuniy yechimga yetkazilishi nazoratga olindi.
💬Fuqarolarni bevosita tinglash, ularning muammolariga amaliy yechim topish va zarur ko‘makni o‘z vaqtida ko‘rsatish davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan inson manfaatlarini ta’minlash siyosatining muhim tamoyilidir.

Toshkent shahar hokimligi vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, do...

Toshkent shahar hokimligida Istanbul shahri meriyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.📈Muloqot davomida Toshkent ...

⬆️ 23-sentyabr kuni poytaxt yo‘llaridagi transport oqimi, jamoat transporti faoliyati, tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, t...
Furqat ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan 2 kilometrlik yo‘l qismida Toshkent shahrida Yo‘l harakatini ta...