- Toshkentdan gapiramiz
- 19.05.2026, 15:40
Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Finlyandiya va Estoniyada ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda
Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi 18–22-may kunlari Finlyandiya va Estoniya Respublikalarining poytaxt shaharlarida ta’lim, yoshlar siyosati hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida xizmat safarini amalga oshirmoqda.
📍Helsinki shahridan boshlangan safarning birinchi kunida delegatsiya Meri bolalar bog‘chasi hamda Vattuniemi boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan tanishdi.
🏆Uchrashuvlarda Helsinki shahar merining ta’lim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shon Haff, hokimning maxsus maslahatchisi Julianna Kentala, shuningdek, ta’lim muassasalari rahbarlari Katariina Laakso va Sanna Soini ishtirok etdi.
🧠 Muloqot davomida Helsinki shahrida ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishida siyosiy qarorlar qabul qilish, moliyaviy ustuvorliklarni belgilash tizimi, bolalar bog‘chasi va maktab ta’limi modeli yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
📈Kunning ikkinchi yarmida Helsinki shahrining strategik rivojlanish yo‘nalishlari, xususan, 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar haqida taqdimotlar tashkil etildi. Mazkur taqdimotlar Helsinki shahri Strategiya departamenti bosh strategiya direktori Markus Kyun hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Laura Uuttu-Deshriver tomonidan o‘tkazildi.
🧑💻Xizmat safari davom etmoqda. Delegatsiya 22-mayga qadar Finlyandiya va Estoniyada ta’lim, yoshlar siyosati hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlaridagi amaliy tajribalarni o‘rganib, Toshkent shahrida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali yondashuvlar bo‘yicha muloqotlar olib boradi.

🔔 Bugun yurtimizning barcha maktablarida, xususan, Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq”...

Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash taklif etilmoqda.Geogr...

📈Muzokaralar davomida tomonlar Toshkent shahrini kompleks renovatsiya qilish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalas...

📊 22-may holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 32 228 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomida poy...