- Toshkentdan gapiramiz
- 25.05.2026, 15:05
🔔Toshkent maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
🔔 Bugun yurtimizning barcha maktablarida, xususan, Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etildi.
🌏Ushbu tadbirlar bitiruvchilar uchun maktab hayotining muhim bosqichi yakunlanganini ifodalovchi ramziy voqea bo‘ldi. O‘quvchilar yillar davomida bilim bergan ustozlariga minnatdorlik bildirib, maktab davridagi unutilmas xotiralarini yodga oldilar.
🔔Tadbirlarda ota-onalar, pedagoglar va maktab jamoalari ishtirok etib, bitiruvchilarga kelgusi ta’lim va hayot yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladilar.
📚“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari samimiy uchrashuvlar, minnatdorlik so‘zlari va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi. Bitiruvchilar uchun bu kun maktab bilan xayrlashuv, ustozlar uchun esa navbatdagi avlodni katta hayotga kuzatish kuni sifatida yodda qoladi.

Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash taklif etilmoqda.Geogr...

📈Muzokaralar davomida tomonlar Toshkent shahrini kompleks renovatsiya qilish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalas...

📊 22-may holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 32 228 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomida poy...

Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalam...