- Toshkentdan gapiramiz
- 23.05.2026, 14:12
Qurbon hayiti bayrami va dam olish kunlarida kommunal xizmatlar barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov raisligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda poytaxtning barcha 12 ta tumani hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, kommunal xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Hayit bayrami va dam olish kunlarini poytaxt aholisi va mehmonlari uchun tartibli va qulay sharoitda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, tumanlarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalik, kommunal xizmatlarning navbatchi brigadalari uzluksiz ishlashi, jamoat joylari va mahallalarda zarur sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish va bayram kunlarida barcha xizmatlarning kuchaytirilgan tartibda ishlashini ta’minlash topshirildi.

🔔 Bugun yurtimizning barcha maktablarida, xususan, Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq”...

Mirzo Ulug‘bek hamda Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mavze va ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash taklif etilmoqda.Geogr...

📈Muzokaralar davomida tomonlar Toshkent shahrini kompleks renovatsiya qilish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalas...

📊 22-may holatiga ko'ra, xalqnazorati.uz platformasi orqali 32 228 ta murojaat qabul qilingan. Joriy hafta davomida poy...